Yoshlar siyosati
O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosati yoshlarning rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish, ularning ijtimoiy va siyosiy hayotda faol ishtirok etishiga ko‘maklashish, shuningdek, jamiyatda yoshlarning ijobiy qiyofasini mustahkamlashga qaratilgan chora-tadbirlar tizimidir.
Yoshlarga oid davlat siyosatining asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
- ochiqlik va shaffoflik;
- yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda yoshlarning ishtirok etishi;
- yoshlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish;
- ma’naviy, axloqiy va madaniy qadriyatlarning ustuvorligi;
- yoshlarning kamsitilishiga yo‘l qo‘ymaslik.
Har bir yosh fuqaroga O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonuniga muvofiq huquq va erkinliklar kafolatlanadi.
Yoshlar uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda:
- bepul tibbiy xizmat;
- bepul umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim;
- davlat ta’lim muassasalarida davlat grantlari doirasida bepul professional va oliy ta’lim olish;
- davlat sport-sog‘lomlashtirish va madaniy-ma’rifiy muassasalariga borish uchun shart-sharoitlar yaratish va boshqalar.
