
Xalqaro hamkorlik
Cambridge Assessment - Xalqaro o‘quv dasturi, Kembrij imtihoni (AS А -darajali), PDQ dasturi, akkreditatsiya, Prezident maktablari va “Yangi O‘zbekiston” universitetga kirish imtihonlari Cambridge Assessment tashkiloti bilan hamkorlikda tashkil etilgan.
Seek teachers, Teachaway - yuqori malakali STEAM xalqaro o‘qituvchilarini yollash.
TUM - 12 ta yuqori malakali professorlarni TUM International GmbH tomonidan tashkil etilgan 3 bosqichli intervyu orqali tanlab olish.
TUM - TUM International GmbH tomonidan ishlab chiqilgan matematika, fizika va kimyo fanidan o‘quv dasturi, laboratoriya amaliyot dasturlari.
COGNIA - Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi o‘quv jarayoniga ta’limning ilg‘or shakllarini, pedagogik texnologiyalar va IT innovatsiyalarini Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarda joriy etishni hamda Cognia tomonidan akkreditatsiyadan o‘tishini maqsad qilgan.
KOREYA TA’LIM MARKAZI – Ixtisoslashtirilgan hamda ijod maktablariga STEM fanlaridan dars beruvchi Koreyalik o’qituvchilarni jalb qilinmoqda.
CIS (Council of international schools) –Prezident maktablari CIS akkreditatsiyasidan o‘tish bosqichida.
IB (International Baccalaureate) – Ixtisoslashtirilgan va ijod maktablari IB akkreditatsiyasidan o‘tmoqda
Pearson Edexcel - Buyuk Britaniyadagi yetakchi akademik va kasbiy malakalarni baholaydigan tashkilot. Prezident maktablari Pearson Edexcel akkreditatsiyasidan o‘tkazish va ularni rasmiy imtihon markazlariga aylantirish.
Letovo - Rossiya Federatsiyasida joylashgan xalqaro maktabi bilan hamkorlik doirasida Agentlik tizimidagi maktablari orasida o‘zaro o‘qituvchilar, o‘quvchilar almashinuvi dasturlari, tanlovlar va olimpiadalar kabi qator loyihalarni amalga oshirish.


