Xorijiy tillarga ixtisoslaştirilgan maktab pedagoglari Xitoyda malaka oşirdi
2026-11-12 16:35:00 / Yangiliklar

Xorijiy tillarga ixtisoslaştirilgan maktab pedagoglari Xitoy Xalq Respublikasida malaka oşiriş dasturida iştirok etib qaytdilar. Maktabning boşlanğiç sinf öqituvçilari, maktabga tayyorlov guruhi pedagoglari hamda ma’muriyat vakillari Xitoyning Tyanszin şahrida joylaşgan nufuzli Yinghua Academy ta’lim muassasasida xalqaro tajriba almaşiş va kasbiy malaka oşiriş dasturida qatnaşdilar.
Xizmat safari davomida iştirokçilar Xitoy ta’lim tizimi, öquv jarayonini taşkil etişning zamonaviy usullari, ilğor pedagogik texnologiyalar, ta’lim sifatini baholaş va muassasani boşqariş mexanizmlari bilan tanişdilar. Şuningdek, xorijiy hamkasblar bilan tajriba almaşib, samarali ta’lim metodikalarini örgandilar. Mazkur tajriba maktab pedagoglarining kasbiy salohiyatini oşiriş, dars jarayoniga zamonaviy yondaşuvlarni joriy etiş hamda ta’lim sifatini xalqaro talablar asosida rivojlantirişda muhim ahamiyat kasb etadi.
Joriy yilda öz faoliyatini boşlagan Xorijiy tillarga ixtisoslaştirilgan maktabda öquvçilarga sifatli ta’lim beriş, xorijiy tillarni çuqur örgatiş va zamonaviy bilim hamda könikmalarni şakllantirişga alohida e’tibor qaratilmoqda. Maktabda xitoy tilini çuqur örgatiş ustuvor yönalişlardan biri hisoblanadi. Bu borada Xitoyning Yinghua Academy Group taşkiloti bilan hamkorlik yölga qöyilgan. Şu bilan birga, öquvçilarning zamonaviy dunyoda raqobatbardoş bölişi uçun robototexnika, sun’iy intellekt, kompyuter savodxonligi, şaxmat, san’at va musiqa yönalişlarida ham qöşimça maşğulotlar taşkil etilgan.
Ta’lim jarayonida mustaqil fikrlaş, vaqtni samarali boşqariş, jamoada işlaş va liderlik qobiliyatlarini rivojlantirişga ham ustuvor ahamiyat berilmoqda. Xitoyda orttirilgan xalqaro tajribaning maktab ta’lim jarayoniga tatbiq etilişi pedagogik salohiyatni mustahkamlaş va zamonaviy ta’lim muhitini şakllantirişga xizmat qiladi.




