Ommaviy tadbirlar
|
O‘quvchilarni qishki ta’til kunlarini hamda “Yangi yil bayrami” tadbirini mazmunli tashkil etish. |
2025-yil yanvar |
|
14 yanvar – Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan “Harbiy vatanparvarlik oyligi” doirasida “Ajdodlar qahramonligi yoshlarga ibrat”, “Mamlakatimiz qurolli kuchlari tinchlik va osoyishtaligimz garovi” mavzularida ma’ruza, davra suhbatlari, muloqot va uchrashuvlar turkumini tashkil etish. |
2025-yil yanvar |
|
Buyuk allomalarimiz Alisher Navoiy tavallud kunining 584 yilligi va Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud kunining 542 yilligini nishonlash yuzasidan uchrashuvlar, davra suhbatlari, ilmiy anjuman va tadbirlar tashkil etish. |
2025-yil fevral |
|
Agentlik tasarrufidagi ta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida “Zakovat” klublari faoliyatini rivojlantirish va Respublika turnirini o‘tkazish. |
2025-yil fevral |
|
21-mart – “Navro‘z” umumxalq bayrami munosabati bilan:
|
2025-yil mart |
|
Yosh avlodni mehr va muruvvat ruhida tarbiyalash, boy kasbiy va hayotiy tajribalar, ezgu an’analar, madaniy-ma’rifiy qadriyatlarning uzviyligini ta’minlash maqsadida “Xotira va qadrlash kuni”ga bag‘ishlab turkum tadbir o‘tkazish. |
2025-yil aprel-may |
|
Agentlik tasarrufidagi ta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida “Musiqa, raqs, tasviriy san’at, dramaturgiya” yo‘nalishlarida ijodiy festival tashkil etish. |
2025-yil aprel |
|
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligi bayramini yuqori saviyada va keng miqyosda nishonlash bo‘yicha tadbirlarni tashkillashtirish. |
2025-yil avgust
|
|
1-oktabr – O‘qituvchilar va murabbiylar kuni bayrami munosabati bilan “Sizga ta’zim, sizga ehtirom aziz ustozlar” shiori ostida tantanali ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazish. |
2025-yil avgust |
|
O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqidagi qonun” qabul qilingan kunga bag‘ishlangan tadbirlar tashkil etish. |
2025-yil |
|
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan “Bayrog‘imiz faxrimiz, g‘ururimiz” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir uyushtirish. |
2025-yil |
|
Agentlik tasarrufidagi ta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida “Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik-tanlovini tashkil qilish. |
2025-yil noyabr |
|
8 dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuniga bag‘ishlab “Konstitutsiya haftaligi” tadbirlarini o‘tkazish. Haftalik davomida ilmiy-amaliy anjuman, fotoko‘rgazma, trening, viktorinalar tashkil etish. |
2025-yil dekabr |
