Sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy etish
2025-11-25 10:45:00 / Yangiliklar
Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligida “Elektr energiyasi bozorini rivojlantirish va tartibga solish sohasida sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy etish” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Davra suhbatida mamlakatimizda sunʼiy intellektni elektr energiyasi bozorini rivojlantirish va tartibga solish sohasiga joriy etish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Jumladan, davra suhbati davomida energetika sohasida elektr energiyasi narxlarini qisqa va uzoq muddatli prognoz qilish, isteʼmol va ishlab chiqarish tendensiyalarini aniqlash, bozordagi ehtimoliy nuqsonlarni oldindan ko‘rishda sunʼiy intellekt texnologiyalarini qo‘llash masalalari haqida so‘z bordi.




