Bir el, bir Vatan, bir bayroq
2025-11-18 12:20:00 / Yangiliklar

Tadbirda Agentlik direktori o‘rinbosari A.Otaboyev va bosh mutaxassis N. Aminovlar bayrog‘imizning qabul qilinish tarixi, uning ramziy maʼnosi hamda bugungi kundagi ahamiyati haqida to‘xtalib o‘tdi.
Tadbirda taʼkidlanganidek, Davlat bayrog‘imiz O‘zbekiston Respublikasi davlat suverenitetining ramzi, shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro timsolidir. U mamlakatimizning barcha davlat idoralari, taʼlim muassasalari, xalqaro tashkilotlardagi vakilliklari hamda sport maydonlarida iftixor bilan hilpirab turib, yurtimiz sharafini, xalqimizning g‘ururini namoyon etmoqda.
Ushbu tadbir jamiyatda milliy qadriyatlarga hurmatni yana-da oshirishga qaratilgan maqsadlarni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.



