Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti Toshkent filialida yoshlar o‘rtasida kasbiy malakalarni rivojlantirishga qaratilgan ta’lim loyihasi doirasida “Trening kuni” o‘tkazildi.
2024-04-19 12:50:00 / Vazirlik yangiliklari

Loyihaning asosiy maqsadi talabalarga ta’lim olishda yangi yondashuvlarni sinab ko‘rish va olingan bilimlarni amaliyotda qo‘llashni o‘rganish imkoniyatini berishdan iborat.
Treninglar kuni “Sun’iy intellekt kelajagi” mavzusidagi umumiy ma’ruza bilan ochildi, unda ishtirokchilar O‘zbekistondagi IT-hamjamiyat yetakchisi, investor Shavkat Karimovdan sun’iy intellektni rivojlantirishning so‘nggi tendensiyalari, innovatsiyalari va istiqbollari haqida ma’lumot olishdi.
Shuningdek, ishtirokchilar 10 nafar ma’ruzachi tomonidan “AI kelajagi”, “Moliyaviy savodxonlik”, “IT sohasida karyera”, “Tanqidiy fikrlash” kabi mavzularda ma’ruza va treninglarda qatnashdi. Trening kuni talabalarni tadbirkorlik asoslarini o‘zlashtirishda qo‘llab-quvvatlash, biznesni tahlil qilish ko‘nikmalari va strategik fikrlashni rivojlantirishga qaratildi.
