Talabalar turar joylari soni va quvvati izchil oshmoqda
2025-10-18 17:10:00 / Rasmiy munosabat

2017-yilda davlat oliy ta’lim muassasalarida 59,5 ming o‘rinli 228 ta talabalar turar joyi mavjud bo‘lib, bu ehtiyojning atigi 28 foizini qoplagan edi.
Amalga oshirilgan islohotlar natijasida Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentabrdagi 563-son qaroriga muvofiq, talabalar turar joylarini barpo etish bo‘yicha davlat-xususiy sheriklik (DXSh) loyihalari uch xil moliyalashtirish mexanizmi asosida yo‘lga qo‘yildi:
- Aralash moliyalashtirish
- To‘liq xususiy mablag‘ asosida
- Tadbirkorlar balansidagi binolarni moslashtirish orqali.
Natijada oliy ta’lim muassasalarida 75,3 ming yangi o‘rin yaratilgan bo‘lib, talabalar turar joylari soni 386 taga, umumiy joylash imkoniyati esa 156,3 ming talabaga yetkazildi. Bu ko‘rsatkich 2017-yilga nisbatan ikki barobardan ortiq o‘sishni ifodalaydi va hozirda qamrov 57 foizga yetgan.
Yil yakuniga qadar yana 9 ta, 4 ming o‘rinli yangi talabalar turar joylari foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-apreldagi PF–101-son Farmoniga muvofiq, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki ko‘magida 10 ming o‘rinli talabalar turar joylarini Toshkent shahrida DXSh asosida barpo etish bo‘yicha xalqaro tender jarayoni olib borilmoqda.
