Xalqaro hamkorlik
2024-04-15 11:00:00 / Vazirlik yangiliklari

Anjumanda so‘zga chiqqan Tojikiston Respublikasi Ta’lim va fan vaziri Rahim Saidzoda o‘z nutqida:
– Bugungi kunda O‘zbekiston-Tojikiston aloqalari qator jabhalarda keng rivojlandi. Endilikda oliy ta’lim, ilm-fan sohalaridagi aloqalarni yanada rivojlantirish uchun tabiiy shart-sharoitlar yuzaga keldi. Bu sohadagi hamkorlik doirasida biz oliy ta’lim muassasalariaro aloqalarni yangi sifat darajasiga olib chiqish hamda ta’lim sifatini oshirish borasidagi amaliy harakatlar bizning asosiy maqsadlarimizdan biriga aylanadi.
– Ikki tomonlama o‘zaro hamkorligimiz haqida so‘z yuritar ekanman, shu paytgacha O‘zbekistonning 30 ta oliy ta’lim muassasasi Tojikistonning 15 dan ortiq ilmiy va ta’lim tashkilotlari bilan qator yo‘nalishlar bo‘yicha aloqalarni yo‘lga qo‘yganini va bundan keyin ham ishonchim komilki, ushbu hamkorlik har tomonlama kengayib borishini mamnuniyat bilan ta’kidlamoqchiman, – dedi R.Saidzoda.




