Ramazon hayiti munosabati bilan oliy, professional ta’lim muassasalari va akademik litseylar ham 3 kun dam oladi
2024-04-09 14:00:00 / Vazirlik yangiliklari
Prezident Farmoniga asosan Ramazon hayiti munosabati bilan berilayotgan qo‘shimcha dam olish kunlari belgilandi.

Unga ko‘ra Ramazon hayiti 10-aprel – chorshanba kuniga to‘g‘ri kelishi munosabati bilan shu kuni bayram sifatida nishonlanadi. 11–12-aprel kunlari ish haftasining davomiyligidan qat’i nazar oliy, professional ta’lim muassasalari va akademik litseylarda faoliyat yuritayotgan professor-o‘qituvchilar, rahbar-xodimlar hamda talaba-o‘quvchilar ketma-ket 3 kun dam olishadi:
10-aprel (chorshanba) – Ramazon hayiti bayrami;
11-aprel (payshanba) – barcha uchun qo‘shimcha dam olish kuni; );
12-aprel (juma) – 6 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni, 5 kunliklarga 13-aprel, shanbadan ko‘chirilgan dam olish kuni;
13-aprel (shanba) – ish haftasining turidan qat’i nazar barcha xodimlar uchun ish kuni.
