31-mart kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Sharipov Qo‘ng‘irotboy Toshkent xalqaro universitetida bo‘ldi
2024-04-01 16:05:00 / Vazirlik yangiliklari
Vazir tashrifi davomida universitetda talabalarga yaratilgan sharoitlar va ta’lim klasteri bilan tanishdi. Ushbu ta’lim klasteri maktabgacha ta’lim, umumta’lim maktabi, professional ta’lim muassasasi va xalqaro universitetdan iborat.

Bundan tashqari, mas’ullar tomonidan universitetda ixtisoslashgan Ilmiy kengash, Malaka oshirish markazi faoliyat olib borayotganligi hamda 300 o‘rinli talabalar yotoqxonasi va axborot resurs markazi ham mavjudligi bildirildi.
Shundan so‘ng, vazir Qo‘ng‘irotboy Sharipov Universitet rektori professor Mr. Jun Yong Wook bilan birgalikda ta’lim sohasidagi do‘stlikni yanada mustahkamlashga qat’iy intilish belgisi sifatida universitet markaziy bog‘ida daraxt ekishdi.








