Quyidagi o‘qish davrlari pensiyaga chiqishda ish stajiga qo‘shib hisoblanadigan mehnat faoliyati turlari
2024-04-01 12:20:00 / Vazirlik yangiliklari
“Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonunning 37-moddasi “e” bandiga asosan:
Oliy ta’lim muassasalarida;
magistratura va klinik ordinaturada;
stajyor-tadqiqotchi izlanuvchilar institutida;
katta ilmiy xodim-izlanuvchilar institutida;
tayanch doktoranturada;
doktoranturada;
chet elda o‘qigan davrlari mehnat stajiga qo‘shib hisoblanadigan davrlari hisoblanadi.

Talabalar yuqorida keltirilgan ta’lim turlarining kunduzgi ta’lim shaklida o‘qigan bo‘lsa pensiyaga chiqayotganida o‘sha o‘qigan davrlari mehnat stajiga qo‘shib hisoblanadi.
