Oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining bandligini ta’minlash masalalari muhokama qilindi
2025-09-13 13:30:00 / Vazirlik yangiliklari

Unda Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi OTFIV, hududiy boshqarmalar va OTM rahbarlari ishtirok etdi.
Yig‘ilishda bitiruvchilar bandligini ta’minlash borasidagi mavjud muammolarga to‘xtalinib, ularni bartaraf etishda “Karyera kuni”, mehnat yarmarkalari va “TalabaExpo – 2025” tadbirlarini davom ettirish, shuningdek, “Kelajakka qadam” dasturi doirasida tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash zarurligi belgilandi.
Shu bilan birga, Toshkent Xalqaro Vestminster universiteti tomonidan ishlab chiqilgan careercentre.uz platformasi taqdimot qilindi. Yaqin kunlarda ushbu tizim barcha oliy ta’lim muassasalarida joriy etilib, talabalar va ish beruvchilarni keng qamrab olish rejalashtirilgani bildirildi.






