Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Namangan muhandislik-texnologiya institutida
2024-03-24 19:50:00 / Vazirlik yangiliklari

Talabalar tomonidan ishlab chiqarilgan oziq-ovqat va trikotaj mahsulotlari koʻrgazmasi vazir eʼtiboridan chetda qolmadi. Bunda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov talabalarning ilmiy ishlaridan oʻrin olgan laboratoriya ishlanmalari, oziq-ovqat va konserva mahsulotlari, shuningdek, trikotaj hamda kiyim-kechaklar koʻzdan kechirilib, ushbu faoliyatni qoʻllab-quvvatlash zarurligi taʼkidladi.
Shuningdek, Q Sharipov Namangan muhandislik-texnologiya institutidagi laboratoriya xonalari faoliyati bilan tanishdi. Xususan, oziq-ovqat xavfsizligi, qadoqlash, meteorologiya standartlashtirish, charm buyumlari texnologiyasi, sunʼiy intellekt va avtomatlashtirish, mashinasozlik kabi ilmiy-ishlab chiqarish laboratoriya xonalari koʻzdan kechirildi.
Mehmonlarga institut olimlari tomonidan tadqiq etilgan mahsulotlar koʻrgazmasi namoyish etildi. Vazir institutning ishlab chiqarish korxonalari bilan hamkorligini yuqori baholab, ilmiy tadqiqotlarni ishlab chiqarishga tatbiq etishni yanada kengaytirish zarurligini taʼkidladi.
Tashrif chogʻida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Q. Sharipov boshchiligidagi mehmonlar "Ustozlar bogʻi"ga yangi daraxt ekib, institut ekologiyasi uchun koʻp yillar xizmat qila oladigan esdalik qoldirdi
