“Kambagʻallikdan farovonlik sari”: Muborakdagi ezgu tashabbuslar amalda
2025-08-07 13:00:00 / Vazirlik yangiliklari

Xususan, Qarshi davlat texnika universiteti va Qarshi davlat universiteti rahbariyati, professor-oʻqituvchilari bilan hamkorlikda Qoraqum va Yashnaobod mahallalarida oʻrganish ishlari olib borildi.
Shuningdek, Qoraqum mahallasidagi “Quyoshli xonadon” loyihasi alohida eʼtirofga sazovor boʻldi. Jumladan, Azamat Jumayev xonadonida oʻrnatilgan quyosh panellari va suv qizdirish kollektorlari oila uchun avtonom elektr ta’minotini yaratib, xarajatlarni sezilarli darajada kamaytirmoqda.
Mahalladagi artezian qudugʻining uzluksiz ishlashi uchun vazirlik mablagʻlari hisobidan 15 kVt sigʻimga ega quyosh panellari oʻrnatildi. Vazir oʻrinbosari bu kabi loyihalarni takomillashtirish yuzasidan tegishli koʻrsatmalar berdi.
Shu mahalladagi 6-son umumiy oʻrta taʼlim maktabida yangi oʻquv yiliga tayyorgarlik koʻrildi. Universitet homiyligi asosida kompyuter savodxonligi sinfi tashkil etilib, undan samarali foydalanish boʻyicha tavsiyalar berildi.
Maktab faollar zalida oliy taʼlim muassasalari rahbarlari, professor-oʻqituvchilar, mahalla raislari, hokim yordamchilari va faollar ishtirokida ochiq muloqot oʻtkazildi. Unda vazirlik va Muborak tumani hokimligi oʻrtasida tuzilgan chora-tadbirlar rejasi hamda uning ijrosi muhokama qilindi.
Yigʻilishda maktab bitiruvchilarini oliy taʼlimga keng jalb etish, taʼlim sifatini oshirishda universitetlar salohiyatidan foydalanish, yoshlarni kasb-hunarga yoʻnaltirish, bandlikni taʼminlash masalalari muhokama qilinib, mutasaddilarga aniq topshiriqlar berildi.

Bizni kuzating
Facebook (https://www.facebook.com/eduuzofficial) | Instagram (https://www.instagram.com/eduuzofficial/)| YouTube (http://youtube.com/c/eduuz) | Telegram (https://t.me/eduuz)