Tayanch doktorantlar o‘rtasida Prezident davlat stipendiyasi tanlovining so‘nggi saralash bosqichi o‘tkazildi
2024-02-23 15:25:00 / Vazirlik yangiliklari
22–23-fevral kunlari respublika oliy ta’lim muassasalari va ilmiy tashkilotlarda ilmiy-tadqiqot faoliyati bilan shug‘ullanayotgan, salmoqli natijalarga erishgan 2-bosqich tayanch doktorantlar o‘rtasida 2024-yil uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyalariga tanlovining so‘nggi saralash bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida Prezident davlat stipendiyasiga talabgorlarning 53 nafari belgilangan Nizomga muvofiq tanlovning suhbat bosqichida ishtirok etdi.
Qayd etish lozimki, Prezidentimiz topshirig‘iga binoan bu yilgi tanlovda Prezident davlat stipendiyasi sovrindorlari soni ikki barobarga oshirilib, 5 ta yo‘nalish bo‘yicha jami 10 nafar nomzod tavsiya etilishi belgilangan.






