Tokio yapon tili markaziy maktabi (“TCJ”) bilan o‘zaro hamkorlikni nazarda tutuvchi anglashuv memorandumi imzolandi
2024-03-09 17:30:00 / Vazirlik yangiliklari
O‘zbekiston delegatsiyasining ayni kunlarda bo‘lib o‘tayotgan Yaponiyaga safari davomida 7-mart kuni Yaponiya Bosh vaziri F. Kishida bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Muzokaralarda delegatsiya a’zosi sifatida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari S. Buzrukxonov qatnashdi.

Mazkur uchrashuvda tomonlar keng qamrovli masalalar qatorida oliy ta’lim va fan sohasidagi aloqalarni yanada rivojlantirish istiqbollari yuzasidan fikr almashdilar. Shuningdek, 8-mart kuni Yaponiya-O‘zbekiston biznes forumi doirasida vazir o‘rinbosari bir qator yapon tashkilotlari bilan muzokaralar o‘tkazdi.






