Prezident Shavkat Mirziyoyev Urganch shahridagi Jaloliddin Manguberdi nomidagi harbiy-akademik litseyni borib ko‘rdi.
2024-03-01 20:10:00 / Vazirlik yangiliklari
Davlat rahbari muassasa, bu yerdagi ta’lim jarayonlari bilan tanishdi. O‘qituvchi va o‘quvchilar bilan suhbatlashdi. Jaloliddin Manguberdining vatanparvarligi, jasorati yosh avlod uchun ibrat ekanligi ta’kidlandi.

Bu yerda aniq fanlar o‘qitilishi yaxshi. Shu bilan birga, dars jarayonlarida vatanparvarlik tarbiyasiga alohida e’tibor qaratish, qadriyatlarimizni ham o‘rgatish lozim. Shunday bo‘lishi kerakki, milliy ruh va g‘urur yoshlarning eng kuchli quroli bo‘lishi kerak, – dedi Shavkat Mirziyoyev.
Litsey axborot-resurs markazi viloyatdagi oliy ta’lim muassasalari hamda Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi tarmog‘iga ulangan. Shuningdek, litsey Urganch davlat universiteti hamda Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurti bilan hamkorlik o‘rnatgan.






