Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Xorazm viloyatiga xizmat safari doirasida Tuproqqal’a tumanida joylashgan “UzAuto Motors” AJ Xorazm viloyati filialida bo‘ldi.
2024-02-28 10:10:00 / Vazirlik yangiliklari

Unda mahalla, maktab, kollej, Urganch davlat universiteti va Xorazm avtomobil zavodi o‘rtasida aloqalar o‘rnatish masalasi muhokama qilinib, ilg‘or muhandislik maktabini yaratish bo‘yicha kelishuvga erishildi.




