TADBIRKORLAR VA SARMOYADORLAR DIQQATIGA!
2025-07-07 09:05:00 / E’lonlar

Andijon davlat texnika institutiga xususiy tashabbuskor “Hamkor Vizit” MChJ tomonidan tashabbus taklifi, shu jumladan, loyiha konsepsiyasi taqdim etilgan. Mazkur loyihada Andijon davlat texnika instituti (0,3 gektar) hududida 400 oʻringa moʻljallangan talabalar turar joyi binosini qurish va faoliyatini tashkil etish rejalashtirilgan.
Loyiha yuzasidan xususiy sherikni tanlash Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisida”gi Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-oktabrdagi 720-sonli “Davlat-xususiy sheriklik sohasini yanada takomillashtirish hamda kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori talablariga binoan amalga oshiriladi.
Ilova qilinayotgan hujjatlar:
Qiziqish bildirish uchun soʻrov shakli; |
Loyiha konsepsiyasi; |
Loyiha to‘g‘risida ma’lumot. |
Tenderda qatnashish uchun tadbirkorlar tomonidan qiziqish bildirish uchun soʻrov va tender takliflarini 2025-yil 21-avgust kuniga qadar Toshkent vaqti bilan 23:59 gacha topshirilishi kerak.
|
Andijon davlat texnika instituti |
Elektron pochta manzili: info@andmiedu.uz |
Telefon raqami: +998(74) 223-44-66, (91) 481-77-00. |
Manzil: 170119, Andijon viloyati, Andijon shahri, Navoiy shoh ko’chasi 15a-uy |
|
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi |
Elektron pochta manzili: devonxona@edu.uz |
Telefon raqami: 71 203-32-23 |
Manzil: 100095, Toshkent shahri Talabalar ko‘chasi 7-uy. |
|
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi |
Elektron pochta manzili: dxshtender@imv.uz, Shahodat.Navruzova@imv.uz |
Telefon raqami: 71 203-50-50 (01919) |
Manzil: 100017 Toshkent shahri, Istiqlol 29-uy |
“Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi Qonunning 17-moddasiga binoan, qiziqish bildirish uchun so‘rov va tenderlar (takliflar) olingan taqdirda, davlat sherigi tomonidan loyihaning xususiy tashabbuskori va qiziqish bildirgan uchinchi tomonlar ishtirokida xususiy sherikni aniqlash uchun tender o‘tkaziladi.

Elektron pochta manzili:
Telefon raqami: +998(74) 223-44-66, (91) 481-77-00.
Manzil: 170119, Andijon viloyati, Andijon shahri, Navoiy shoh ko’chasi 15a-uy