O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi yangi logotip yaratish bo‘yicha tanlov eʼlon qildi.
2024-02-07 16:10:00 / Vazirlik yangiliklari
Tanlov uchun yaratiladigan logotip assotsiatsiyaning maqsad va vazifalarini aks ettirishi, o‘ziga xos, zamonaviy, bir qarashda jalb etuvchi bo‘lishi lozim.

G‘olib zamonaviy kompyuter (noutbuk) bilan taqdirlanadi.
Tanlovda ishtirok etish uchun ariza, yaratilgan logotip va uning tavsifi uznntmaofficial@gmail.com elektron pochtasiga, @nntma Telegram manziliga yuborilishi yoki Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Furqat ko‘chasi, 1-A uy manzilida joylashgan O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasiga ham taqdim etilishi mumkin.
Namunalar qabuli 2024- yilning 20-mart kuni yakunlanadi. G‘olib 2024-yil 30-aprel kuni taqdirlanadi.
☎️ Murojaat uchun telefon: +998930882005
Tanlovda ishtirok etish uchun Ariza va tanlov Nizomi bu yerda
