Qarshi davlat universitetida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosarining sayyor qabuli o‘tkazildi
2025-03-12 21:00:00 / Vazirlik yangiliklari

Sayyor qabul davomida viloyatdagi oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, talabalar va ilmiy tadqiqotchilar tomonidan tizimni takomillashtirish bo‘yicha qator aniq taklif va tashabbuslar bildirildi. Xususan:
🟢yoshlarning startap loyihalarini qo‘llab-quvvatlash,
🟢turli ixtisosliklar bo‘yicha ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashlar tashkil etish,
🟢ilmiy poligonlar va volontyorlik asosida til o‘rganish markazlari ochish,
🟢talabalarni xorijiy oliy ta’lim muassasalariga stajirovka uchun yuborish ko‘lamini kengaytirish kabi masalalar ko‘tarildi.
Murojaatlarning aksariyatiga joyida amaliy yechim va huquqiy tushuntirishlar berildi. Qo‘shimcha o‘rganish va choralar ko‘rishni talab etadigan murojaatlar yuzasidan mas’ullarga aniq topshiriqlar yuklatilib, ularning ijrosi vazirlik tomonidan nazoratga olindi.