Tayanch doktorantura izlanuvchilari uchun 2025-yilgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi g‘oliblari aniqlandi
2025-02-12 17:25:00 / Vazirlik yangiliklari
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasiga tayanch doktorantura izlanuvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan tanlov natijalari e’lon qilindi. Mazkur tanlov oliy ta’lim va ilmiy tashkilotlarning ikkinchi bosqich tayanch doktorantura izlanuvchilari uchun tashkil etilib, uning respublika bosqichi muvaffaqiyatli yakunlandi.

Tanlov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1993-yil 5-fevraldagi PF–555-son Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 13-oktabrdagi 226-son qaroriga muvofiq o‘tkazildi. Barcha jarayonlar to‘liq raqamlashtirilib, vazirlikning “stipendiya.edu.uz” elektron tizimi orqali amalga oshirildi.
Tanlovda 47 ta oliy ta’lim muassasasi va ilmiy tashkilotlarining 72 nafar tayanch doktorantura izlanuvchilari hujjat topshirdi. Tanlov uch bosqichda tashkil etildi:
- Birinchi bosqichda talabgorlarning ilmiy ishlari va yutuqlari ekspertlar tomonidan baholanib, natijalar elektron tizimga kiritildi.
- Ikkinchi bosqichda Bilim va malakalarni baholash agentligida 3 ta fandan test sinovlari o‘tkazildi.
- Uchinchi bosqichda suhbat jarayonlari tashkil etilib, umumiy natijalariga ko‘ra tavsiya etilgan jami 64 nafar nomzodning ilmiy-tadqiqot ishlari, ixtisoslik bo‘yicha bilimlari va chet tilini bilish darajasi baholandi.
Suhbat yakunida yashirin ovoz berish natijalariga ko‘ra 5 ta yo‘nalish bo‘yicha 10 nafar doktorant (ularning 7 nafari xotin-qizlar) Prezident stipendiyasi g‘olibi sifatida tasdiqlandi.
2025-yil uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi g‘oliblari:
- Risolat Ilyasova– O‘zbekiston Milliy universiteti doktoranti
- Dilfuza Qo‘chqorova – Toshkent davlat texnika universiteti doktoranti
- Aybolgan Borasheva – Nukus davlat pedagogika instituti doktoranti
- Maftuna Nurmatova – Qo‘qon davlat pedagogika instituti doktoranti
- Mohichexra Po‘latova – Buxoro davlat universiteti doktoranti
- Sevara Mirzayorova – Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti doktoranti
- Zilolaxon Xodjayeva – Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi doktoranti
- Jo‘shqin Abdullayev – O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Fizika-texnika instituti doktoranti
- Jaloliddin Rajabov – O‘zbekiston Milliy universiteti doktoranti
- Qurbonalijon Zokirov – Toshkent davlat agrar universiteti doktoranti.