Buxoroda xalqaro ayollar forumi o‘tkazildi
2025-02-11 18:00:00 / Vazirlik yangiliklari

Forumda Senat raisi Tanzila Norboyeva, Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov, viloyat hokimi o‘rinbosarlari, inson huquqlari bo‘yicha vakillar, professor-o‘qituvchilar va talaba qizlar ishtirok etdi. Tadbir davomida ilm-fan va texnologiyada ayollarning o‘rni, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga olima ayollarning hissasi, ayol ma’naviyatining folklordagi ifodasi hamda farzand tarbiyasida so‘zning ahamiyati kabi mavzularda ma’ruzalar tinglandi.
Shuningdek, Senat raisi va viloyat hokimi olima ayollarning ilmiy va innovatsion ishlanmalari ko‘rgazmasi bilan tanishib, patentlash va amaliy qo‘llash imkoniyatlarini muhokama qildi. Xususan, Nafisa Jo‘rayevaning “Omega6” va “Omega3” yog‘ kislotalari muvozanatli mahsulot yaratish loyihasi yuqori baholandi.
Bundan tashqari, yig‘ilganlar BuxDUda tashkil etilgan Ofis Registrator markazi faoliyatini ko‘zdan kechirishdi. Ushbu markaz ta’lim jarayonini raqamlashtirish, talabalar uchun xizmat sifatini oshirish, hujjat almashinuvi va akademik jarayonlarni boshqarish maqsadida joriy etilgan.






