Rasmiy munosabat
2025-01-21 12:35:00 / Vazirlik yangiliklari

2024-yil 16-oktabrda qabul qilingan PF-158-sonli Prezident farmoni asosida yuridik texnikumlar Adliya vazirligi tizimidan chiqarilib, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tasarrufiga o‘tkazildi. Shu sababli, texnikumlarga taalluqli moliyaviy masalalar, jumladan, stipendiyalarni moliyalashtirish mas’uliyati ushbu vazirlikka o‘tdi.
Avvalgi PF-5987-sonli Prezident farmoni asosida Adliya vazirligi tizimidagi yuridik texnikum o‘quvchilariga stipendiya ajratilgan. Biroq texnikumlar boshqa vazirlik tizimiga o‘tganligi sababli, ushbu stipendiyaning keyingi taqdirini belgilash masalasi tegishli idoralar tomonidan ko‘rib chiqilmoqda.
Hozirda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan stipendiyalar va boshqa rag‘batlantirish mexanizmlarini davom ettirish yoki yangi tizim joriy etish bo‘yicha huquqiy asoslar o‘rganilmoqda. Yakuniy qaror qabul qilingach, bu haqda rasmiy axborot beriladi.