Toshkent davlat stomatologiya instituti AQSHning nufuzli Columbia University bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi.
2023-11-06 18:15:00 / Vazirlik yangiliklari

AQSHning nufuzli “Columbia University” 1754-yilda tashkil etilgan bo‘lib, xalqaro QS reytingida 23-o‘rinni egallagan.
Universitetda 17 ta fakultet, 3 ta ilmiy tadqiqot instituti, 4 kollej, 26 ta kutubxona, 200 ta ilmiy markaz hamda 3 ta klinika faoliyat olib bormoqda.
Universitet bitiruvchilarining 84 nafari “Nobel” mukofoti laureati, 100 ortiq fan va madaniyat arbobi, 10 nafarga yaqin yaqin davlat rahbarlari bo‘lgan.
Uchrashuvlar yakunida “Columbia University” bilan hamkorlik yuzasidan kelishuvga erishildi. Buning natijasida institutning 30 nafar iqtidorli talabasi hamda10 nafar pedagogi akademik almashinuv dasturi bo‘yicha malaka oshirishi, shu bilan bir qatorda 5 nafar doktoranti ilmiy yo‘nalishlar bo‘yicha stajirovka o‘tishlari mymkin bo‘ladi.


