Germaniyani KFW banki bilan professional taʼlimni rivojlantirish boʻyicha hamkorlik kelishuvi imzolandi
2023-09-15 19:55:00 / Vazirlik yangiliklari

Hududlarda professional taʼlim muassasalari moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va xalqaro standartlar asosida kadrlar tayyorlashga koʻmak berish uchun Germaniya KFW banki bilan loyihani amalga oshirish masalalari bank vakillari bilan muhokama qilindi.
Germaniya KFW banki Oʻrta Osiyo boʻyicha menejeri janob Petar Gyorgiyev qiymati 42 mln yevroni tashkil etuvchi ushbu muhim loyihani qoʻllab-quvvatlanishini maʼlum qildi. Bu borada hamkorlik kelishuv Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari Komiljon Karimov va janob Petar Gyorgiyev tomonidan imzolandi.
Shu bilan birga Germaniya KFW banki Oʻzbekistondagi islohotlarni amalga oshirishda yaqin hamkorlikni davom ettirishini va Oʻzbekiston-2030 strategiyasini qoʻllab-quvvatlashini maʼlum qildi.
Uchrashuv davomida professional taʼlimda yashil iqtisodiyotga oʻtish boʻyicha yangi hamkorlik yoʻnalishlari ham koʻrib chiqildi va birgalikda ishlashga kelishib olindi.


