Bugundan oliy taʼlimdan keyingi taʼlim (doktorantura) uchun hujjat topshirish boshlandi
2023-09-15 19:40:00 / Vazirlik yangiliklari

stajyor-tadqiqotchilik — ishlab chiqarishdan ajralgan holda tegishli ixtisoslik boʻyicha ilmiy va ilmiy-ijodiy izlanishlarni olib borish va falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun izlanuvchini tayyorlash shakli;
tayanch doktorantura — falsafa doktori (Doctor of Philosophy) ilmiy darajasiga daʼvogar izlanuvchilar uchun ishlab chiqarishdan ajralgan holda tashkil etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosligi boʻyicha oliy taʼlimdan keyingi taʼlim shakli;
doktorantura — fan doktori (Doctor of Philosophy) ilmiy darajasiga daʼvogar izlanuvchilar uchun ishlab chiqarishdan ajralgan holda tashkil etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosligi boʻyicha oliy taʼlimdan keyingi taʼlim shakli;
mustaqil izlanuvchilik — falsafa doktori (PhD) yoki fan doktori (DSc) ilmiy darajalariga daʼvogar izlanuvchilar uchun ishlab chiqarishdan ajralmagan holda tashkil etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosligi boʻyicha oliy taʼlimdan keyingi taʼlim shakli.
Hujjat topshirish vaqtida tugʻiladigan savollarga t.me/phd_technical_admins maxsus telegramm guruhi orqali javob olish mumkin.
