Vazir Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida amalga oshirilayotgan transformatsiya jarayoni bilan tanishdi
2024-11-13 11:10:00 / Vazirlik yangiliklari
13-noyabr kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipo Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida bo‘lib, bu yerda amalga oshirilayotgan transformatsiya jarayoni, shu jumladan, yangi qurilayotgan 4 238 o‘rinli o‘quv binosining holati va sharoitlarini ko‘zdan kechirdi.

Mazkur loyiha universitetda tahsil olayotgan talabalarning zamonaviy o‘quv dargohiga ega bo‘lishini ta’minlash maqsadida amalga oshirilmoqda. Yangi bino keng va yorug‘ o‘quv xonalari, axborot-resurs markazlari, zamonaviy laboratoriyalar va amaliyot xonalari bilan jihozlanadi. Shuningdek, talabalarning zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni egallashlari uchun qulay sharoitlar yaratish ko‘zda tutilgan.
Tashrif davomida Qo‘ng‘irotboy Sharipov mazkur infratuzilma loyihasi talabalarga yanada qulay va samarali o‘qish imkoniyatlarini yaratish bilan bir qatorda, universitetning ilmiy-tadqiqot salohiyatini ham yuksaltirishga xizmat qilishini ta’kidladi.






