Vazir Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining o‘quv laboratoriyalari faoliyati bilan tanishdi
2024-11-13 15:05:00 / Vazirlik yangiliklari

So‘ng 8 ta Jahon banki, 2 ta Islom taraqqiyot banki tomonidan hamda 2 ta xalqaro loyihalar doirasida tashkil etilgan laboratoriyalar faoliyati bilan tanishilib, o‘quv va laboratoriya darslarida talabalar va professor-o‘qituvchilar bilan suhbatlashildi.
Suhbat davomida vazir tomonidan chorvachilikda ozuqa bazasini mustahkamlash uchun suv tejamkor texnologiyalar asosida yangi yem-xashak ekinlari navlari ustida ishlash, yaylovlarda o‘simliklarning turlarini ko‘paytirish borasida keng qamrovli tadqiqotlar olib borish, mahallalarda aholi xonadonlaridagi chorva hayvonlari uchun veterinariya xizmatini ko‘rsatish shoxobchalarini tashkil etish taklifi berildi.
Shuningdek, Q. Sharipov universitetda Megaloyiha doirasida tashkil etilgan, amaliy darslarni o‘tishga mo‘ljallangan ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash inkubatorida amalga oshirilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirdi hamda o‘z tavsiyalarini berdi.



