Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan Ma’murov Bahodir Baxshulloyevich Buxoro davlat pedagogika instituti rektori vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
2023-09-15 15:45:00 / Vazirlik yangiliklari
Bahodir Ma’murov 1981-yil Buxoro shahrida tugʻilgan.
U 2005-yilda Buxoro davlat universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi sport psixologiyasi, pedagogika fanlari doktori, professor.

U o‘z mehnat faoliyatini 2005-yil Buxoro davlat universiteti kafedra o‘qituvchisi sifatida boshlab, kafedra mudiri, fakulteti dekani lavozimlarida faoliyat yuritgan.
B.Ma’murov 150 dan ortiq ilmiy maqola, 6 ta monografiya, 8 ta o‘quv qo‘llanma, 6 ta darslik muallifi, shuningdek, “Pedagogika” ensiklopediyasining mualliflaridan biri sanaladi.
Tayinlovga qadar Buxoro davlat universiteti Jismoniy madaniyat fakulteti dekani lavozimida faoliyat olib borgan.
