“Acharya” universiteti litsenziya talablarini to‘liq bajardi
2023-09-14 16:45:00 / Vazirlik yangiliklari

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan 2023-yil 12-sentabr kuni Buxoro viloyati, Qorako‘l tumani, Chekirchi MFY, Ulug‘bek ko‘chasi 132-uyda joylashgan “Acharya university” MCHJga litsenziya talablari to‘liq bajarilganligi inobat olinib, oliy ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha litsenziya berildi.
Maʼlumot o‘rnida, universitetga 2023/2024-o‘quv yilida 300 nafar talaba qabul qilinishi belgilangan bo‘lib, muassasa tomonidan keyingi yillardan kvota bosqichma-bosqich oshirib borilishi rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yil 18-avgust kuni ushbu universitetning litsenziyasi boʻlmasa ham qabul eʼlon qilinayotgani haqida jamoatchilikdan koʻplab murojaatlar tushgani sababli “Acharya” universiteti hali belgilangan tartibda litsenziya olmagani yuzasidan rasmiy xabar berilgan edi.
