Yoshlar orasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish hamda yong‘in xavfsizligini ta’minlashga mas’ul rahbar xodimlar bilan uchrashuv o‘tkazildi
2024-10-24 20:25:00 / Vazirlik yangiliklari
23-oktabr kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston milliy kino san’ati saroyida 2024/2025-o‘quv yilida Toshkent shahrida joylashgan oliy ta’lim muassasalarida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik, huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish, favqulodda vaziyatlar hamda yong‘in xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha mas’ul idoralar bilan uchrashuv tashkil etildi.
Unda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Toshkent shahar prokuraturasi, Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, Ichki ishlar bosh boshqarmasi mas’ullari, shuningdek 88 ta davlat va nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan 1184 nafar yoshlar masalalari bo‘yicha dekan o‘rinbosari va tyutorlar ishtirok etdi.

Muloqotda mutasaddilar tomonidan ta’lim muassasalarida yoshlar turmush tarziga e’tiborli bo‘lish, ijtimoiy obyektlar, shu jumladan talabalar turar joylari va ijara xonadonlarida umumiy yong‘in xavfsizligi talablariga rioya etilishini nazoratga olish, talaba-yoshlarni yong‘in xavfsizligi qoidalari bilan tanishtirish, tizimli targ‘ibot va tashviqot ishlarini olib borish bo‘yicha taqdimotlar qilinib, tegishli tavsiyalar berildi.
Uchrashuv davomida mavzuga aloqador hujjatli film namoyish etilib, yakunda tadbir ishtirokchilarining savollariga javob berildi.








