Barcha normativ-huquqiy hujjatlar bosh qomusimizga asoslanadi
2023-09-11 12:35:00 / Vazirlik yangiliklari

Unda vazirlik markaziy apparati, tizim tashkilotlari hamda oliy va professional ta’lim muassasalari barcha rahbar-xodimlari onlayn va oflayn shaklda ishtirok etdi.
Seminarni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Shahlo Turdikulova kirish so‘zi bilan ochib, yangi tahrirdagi bosh qomus fuqarolar tomonidan berilgan takliflar asosida yaratilgan tom ma’nodagi xalq konstitutsiyasiga aylanganini ta’kidladi. So‘ng Davlat boshqaruvi akademiyasi va Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari tomonidan yangi tahrirdagi konstitutsiyaning qabul qilish zarurati, dolzarbligi hamda mamalakatning keyingi istiqbolidagi huquqiy qomus o‘laroq ahamiyati haqida batafsil ma’lumot berildi.
Seminar davomida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollariga asosli javoblar hamda huquqiy tushuntirishlar berildi.
Ma’lumot uchun, o‘quv seminarlari yakunlangach, barcha davlat fuqarolik xizmati xodimlarining yangi tahrirdagi konstitutsiya bo‘yicha umumiy bilimlari test imtihonlari orqali sinovdan o‘tkazilishi rejalashtirilgan.



