Forum doirasida Italiya Universitetlar va tadqiqotlar vaziri Anna Maria Bernini boshchiligidagi delegatsiya Toshkent shahridagi Piza universiteti faoliyati bilan tanishdi.
2024-09-24 20:30:00 / Vazirlik yangiliklari

Delegatsiya a’zolariga o‘quv va laboratoriya xonalari, talabalar uchun yaratilgan sharoitlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Ta’kidlanganidek, Toshkent shahridagi Piza universiteti 2021-yilda tashkil etilgan bo‘lib, hozirda geologiya yo‘nalishi bo‘yicha 155 nafar talaba tahsil oladi. Universitetda zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlangan va xalqaro akkreditatsiyadan o‘tgan kimyo va fizika laboratoriyalari, mineralogiya, petrografiya va neft-gaz geologiyasi yo‘nalishlarini o‘z ichiga olgan geologiya fanlari laboratoriyasi, rus, oʻzbek va ingliz tillarida 2 mingdan ortiq kitob fondiga ega kutubxona, xorijiy tillarni o‘rganish uchun lingafon o‘quv xonalari mavjud.
Uchrashuv davomida shuningdek, istiqboldagi rejalar muhokama qilindi. Jumladan, bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha yangi yo‘nalishlarni ochish, xalqaro loyihalarda hamkorlikda ishtirok etish, professor-o‘qituvchilar malakasini oshirish kabilar alohida munozara mavzusi bo‘ldi.







