Birinchi O‘zbekiston-Italiya ta’lim forumi doirasida Oʻzbekiston oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov hamda Italiya Universitetlar va tadqiqotlar vaziri Anna Maria Bernini o‘rtasida muzokara bo‘lib o‘tdi.
2024-09-24 16:10:00 / Vazirlik yangiliklari
Uchrashuv davomida professor-o‘qituvchilar hamda talabalar almashinuvini rivojlantirish orqali ularning tajribasini yanada oshirish, hamkorlikda yangi ta’lim loyihalarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha fikr almashildi.

Shuningdek, kelgusida ikki mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy, muhandislik sohalari uchun zarur malakali kadrlar tayyorlashga alohida urg‘u berildi hamda bu borada amalga oshiriladigan ishlar belgilab olindi.
Uchrashuv yakunida ikki mamlakat oliy ta’lim sohasi rivojiga qo‘shgan hissasi uchun Italiya Universitetlar va tadqiqotlar vaziri Anna Maria Bernini “Oliy ta’lim a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.






