Tadbirni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov o‘z nutqi bilan ochib berdi
2024-09-24 11:45:00 / Vazirlik yangiliklari

– Sizlarni bugungi muhim va tarixiy voqea — birinchi O‘zbekiston-Italiya ta’lim forumining ochilishi bilan chin yurakdan tabriklayman.
O‘zbekiston-Italiya hamkorligining ko‘p qirrali rivojlanishi madaniy-gumanitar aloqalar va iliq, do‘stona munosabatlarida katta ahamiyat kasb etmoqda. Jumladan, ushbu forum ikki mamlakatning ta’lim va fan sohasidagi aloqalarni mustahkamlash yo‘lida muhim qadam hisoblanadi.
Sharqda Uyg‘onish davrining birinchi markazi Xorazm bo‘lsa, G‘arbda esa Florensiya hisoblangan.
Jahon sivilizatsiyasiga hissa qo‘shgan Al-Xorazmiy, Mirzo Ulug‘bek, Ibn Sino kabi buyuk allomalarimizning ilmiy-falsafiy qo‘lyozmalari esa G‘arbdagi ko‘plab kashfiyotlar uchun asos bo‘lgan.
Hurmatli Anna Mariya Bernini xonim, hurmatli rektorlar, bugungi forum doirasida O‘zbekiston-Italiya muhandislik maktabini tashkil etilganining guvohi bo‘ldik.
Ushbu maktab – mashinasozlik, mexatronika, to‘qimachilik, charm sanoati kabi sohalarda yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash va zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda Italiyaning ilg‘or tajribasini joriy etishda katta ahamiyatga ega.
Mazkur forum davomida 30 dan ortiq yangi hamkorlik shartnomalari imzolanishi, mamlakatlarimiz o‘rtasida do‘stona aloqalarni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi.
Biz kelgusida ta’lim va ilm-fan sohalarida
