Bayramga munosib tuhfa
2024-08-26 16:00:00 / Vazirlik yangiliklari

Unda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov, qator oliy ta’lim muassasalari rahbarlari, muassasa professor-o‘qituvchi va talabalari, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Tadbirda yigʻilganlar turar joyning mustaqillik bayrami va yangi o‘quv yili arafasida foydalanishga topshirilgani talabalarga katta tuhfa bo‘lganini qayd etishib, bu talabalar uchun zarur sharoit yaratishga doir amaliy saʼy-harakatlarning yana bir natijasi ekanini taʼkidladilar.
Yotoqxona talabalarning qulay yashashi va ta’lim olishi uchun zarur bo‘lgan barcha jihozlar bilan ta’minlangan.
Jumladan, endi talabalar yagona hududda ko‘plab imkoniyatlardan foydalanishlari mumkin: o‘quv zallari, amfiteatr, kutubxona, sport majmuasi, inklyuziv va psixologik ko‘maklar, dam olish maydonchalari, tikish va bichish uchun mo‘ljallangan xonalar va boshqalar.
Shuningdek, hududdagi noyob ijtimoiy iqlim. Talabalar uyi yoshlar uchun faol va foydali ijtimoiy hayotga ega. Talabalar u yerdan chiqmasdan haftada yetti kun bo‘sh vaqtlarini foydali o‘tkazish imkoniyatiga egalar.
Turar joyda 150 KV kichik quvvatli qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalari o‘rnatilgan. Alohida issiqlik energiyasi bilan ta’minlovchi qozonxonalar mavjud.
Bu bilan yotoqxonaga extiyojmand universitet talabalarining 60 foizini turar joy bilan ta’minlash imkoniyatini berdi.









