Respublika bo‘yicha nechta talabalar turar joylari mavjud?
2024-08-17 12:00:00 / Vazirlik yangiliklari

Respublika miqyosida 46 252 o‘rinli 86 ta talabalar turar joylarini barpo etish bo‘yicha loyihalar amalga oshirilmoqda. Ulardan 31 882 o‘rinli 59 ta davlat-xususiy sheriklik asosida, 14 370 o‘rinli 27 tasi oliygohlarning to‘liq o‘z mablag‘lari doirasida barpo etilmoqda.
Ayni paytda 34 320 o‘rinli 67 ta talabalar turar joylarini qurish ishlari olib borilmoqda.
Joriy yil yakuniga qadar Davlat dasturida belgilangan talabalar turar joylari qurib foydalanishga topshiriladi.
2020 yilda oliy ta’lim muassasalaridagi yotoqxonalar quvvati 59 346 o‘ringa ega bo‘lib, ta’minlanish darajasi 28 foizni tashkil etgan;
2021 yilning o‘zida yotoqxonalar quvvati 32 070 o‘ringa ko‘paytirilib, 91 416 o‘ringa yetkazilgan va ta’minlanish darajasi 41 foizga oshirilgan;
2022 yilda oliy ta’lim muassasalarida 20 153 yotoq o‘rin yaratiladi va ta’minlanish darajasi 47 foizga yetkazildi.
2023 yil yakuniga qadar davlat dasturida belgilangan 18 016 yotoq o‘rinli talabalar turar joylari qurib foydalanishga topshirildi va ta’minlanish darajasi 54 foizga yetkazildi.
2024 yilda oliy ta’lim muassasalarining yotoqxonalar quvvati 182 616 o‘ringa yetkazilib, ta’minlanish darajasi 68 foizdan oshiriladi.

