Toshkentda Amerika texnologiyalar universitetini tashkil etish bo‘yicha keyingi qadamlar belgilandi
2024-07-25 19:05:00 / Vazirlik yangiliklari

Unda Prezident qaroriga muvofiq Amerika texnologiyalar universiteti (ATU)ni tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
Muhokamada universitet (ATU)ni tashkil etish loyihasining taqdimoti o‘tkazildi. Shuningdek, oliygoh faoliyatini litsenziyalash uchun yuridik va ma’muriy talablar, O‘zbekiston va xalqaro ta’lim tashkilotlari tomonidan o‘rnatilgan akkreditatsiya tartibi, mehnat bozorida ehtiyoj yuqori bo‘lgan ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha fikr almashildi.
Uchrashuv so‘nggida ushbu loyihani amalga oshirish bo‘yicha keyingi qadamlar, jumladan, har ikki tomonning sa’y-harakatlarini muvofiqlashtirish uchun ishchi guruhni tashkil etish belgilandi.
Shuningdek, tomonlar loyihaning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi va u O‘zbekistonning oliy ta’lim tizimi uchun alohida ahamiyat kasb etishiga ishonch bildirdilar.






