Ishlab chiqarishga joriy etilgan tadqiqot ishi muhokama qilindi
2024-06-22 14:40:00 / Vazirlik yangiliklari

Unda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Otabek Mahkamov ishtirok etdi. Kengashda Prezident raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida muhandislik sohalarida kadrlar tayyorlaydigan 10 ta oliy ta’lim muassasasida “Oliy muhandislik maktablari” ochilishi, ularda buyurtmaga asosan yangi mahsulotlarni loyihalashtirish, ilmiy izlanishlar o‘tkazish borasida belgilab berilgan vazifalarga to‘xtalindi.
Shuningdek, muhokamaga qo‘yilgan tadqiqot ishining dolzarbligi, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish orqali elektr energiyasini ishlab chiqarish, energiya resurslardan oqilona foydalanishda alohida ahamiyat kasb etishi haqida fikrlar bildirildi.
Jumladan, ushbu avtomatik boshqarish tizimini shamol elektr stansiyalari va MikroGESlarda joriy etish natijasida xorijiy analoglarga nisbatan tannarxi 15-20% ga arzonga tushadi va 10-15% ko‘proq elektr energiyasini ishlab chiqarish imkoniyati yaratiladi.


