O‘zbekiston-Koreya rektorlar forumi o‘tkaziladi
2023-03-17 15:05:00 / Vazirlik yangiliklari

Tomonlar dastlab, so‘nggi yillarda O‘zbekiston va Janubiy Koreya o‘rtasida ko‘p qirrali hamkorlik barcha sohalarda, shu jumladan oliy va professional ta’limda ham jadal rivojlanib borayotgani, bunda hamkorlik aloqalarining samarali yo‘lga qo‘yilgani alohida qayd etildi.Suhbat davomida oliy o‘quv yurtlari o‘rtasidagi talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvini yanada oshirish, shuningdek, mamlakatlarimiz o‘rtasida kasb-hunar ta’limi va kadrlar tayyorlash sohasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga kelishib oldilar.
Shuningdek, muloqotda mart oyining oxirida o‘tkazish rejalashtirilgan O‘zbekiston-Koreya rektorlar forumining tashkiliy masalalari, yoshlarni kasbga o‘qitish, o‘zbekistonlik talabalarni Koreya universitetlarida ta’lim olishi, O‘zbekistonda Koreya universitetlari filiallari faoliyatiga oid bir qator masalalar muhokama qilindi.Ma’lumot o‘rnida, bugungi kunda mamlakatimizning 14 ta taʼlim maskanida Janubiy Koreyaning KOICA tashkiloti koʻngillilari yordamida koreys tili oʻqitilmoqda. Shuningdek, hozirda Koreya oliy taʼlim muassasalarida 8 mingdan ziyod oʻzbekistonlik yoshlar tahsil olayotgani haqida ham maʼlumot berildi.
Manba: Axborot xizmati


