Germaniya bilan oliy va professional ta’limni mehnat bozori talablariga yanada moslashtirishga qaratilgan yangi loyiha yo‘lga qo‘yiladi
2024-05-14 22:00:00 / Vazirlik yangiliklari

Unda tomonlar oliy va professional ta’limni rivojlantirish jarayonini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash istiqbollarini muhokama qildilar.
Dastlab 2021–2024-yillarga mo‘ljallangan “Markaziy Osiyoda iqtisodiy o‘sish tarmoqlari uchun professional ta’lim (PECA V)” grant loyihasi to‘g‘risida amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha ma’lumot berildi. Loyihaning asosiy maqsadi Markaziy Osiyoda professional ta’lim tizimining salohiyatini mustahkamlash, ularning ehtiyojlarini hisobga olgan holda mintaqadagi iqtisodiy o‘sish tarmoqlari uchun malakali mutaxassis va rahbarlar tayyorlash ekani qayd etildi.
So‘ng tomonlar O‘zbekistonda oliy va professional ta’limni mehnat bozori talablariga yanada moslashtirish va muhim ko‘nikmalarni rivojlantirishga qaratilgan yashil iqtisodiyot yo‘nalishida yangi loyihani ishlab chiqish imkoniyatini ko‘rib chiqdilar.
Shuningdek, muloqot davomida 2025-yil aprel oyida Tojikistonda tashkil etilishi rejalashtirilayotgan professional ta’lim yo‘nalishida 3-xalqaro konferensiyasida vazirlik vakillarining ishtirok etishi masalasi ham muhokama qilindi.
Yakunda yashil iqtisodiyotga o‘tish, qayta tiklanuvchi energiya yangi texnologiyalarni joriy etish va bu borada mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha yangi mintaqaviy grant loyihasini birgalikda ishlab chiqishga kelishildi.



