Erkin va yunon-rum kurash musobaqalarining respublika final bosqichi bo‘lib o‘tdi
2025-12-18 20:40:00 / Vazirlik yangiliklari

Musobaqaning birinchi kuni yunon-rum kurashi bo‘yicha bellashuvlar bilan boshlandi. Ushbu yo‘nalishda respublikaning turli hududlaridan tashrif buyurgan 83 nafar yosh sportchi o‘zaro kuch sinashdi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra jamoaviy hisobda:
Buxoro viloyati jamoasi — 1-o‘rin;
Jizzax viloyati jamoasi — 2-o‘rin;
Toshkent shahri jamoasi — 3-o‘rin.
Musobaqaning ikkinchi kuni esa erkin kurash bahslariga bag‘ishlandi. Unda respublikaning barcha hududlaridan kelgan 86 nafar yosh sportchi 8 ta vazn toifasida g‘oliblik uchun kurash olib bordi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra jamoaviy hisobda:
Buxoro viloyati jamoasi — 1-o‘rin;
Xorazm viloyati jamoasi — 2-o‘rin;
Toshkent shahri jamoasi — 3-o‘rin.
Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlarga tashkiliy qo‘mita tomonidan diplom, medal hamda qimmatbaho sovg‘alar, jumladan televizorlar topshirildi.






