Namangan davlat texnika universiteti jamoasiga yangi rektor tanishtirildi
2025-12-16 14:50:00 / Vazirlik yangiliklari
16-dekabr kuni Namangan davlat texnika universitetida tashkiliy masalalarga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi.

Unda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari Sardor Rajabov, Namangan viloyati hokimining oʻrinbosari Otabek Bozorov, vazirlik hududiy boshqarmasi vakillari va universitet professor-oʻqituvchilari ishtirok etdi.
Tadbir davomida hukumat qaroriga asosan Namangan davlat texnika universiteti rektori lavozimiga tayinlangan Oybek Ergashev rasmiy ravishda jamoaga tanishtirildi.
Soʻzga chiqqanlar yangi rahbarning ilmiy salohiyati, tajribasi va boshqaruv qobiliyatini taʼkidlab, unga masʼuliyatli faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi.






