“Al Jabr” loyihasi doirasida Shirin energetika texnikumi bitiruvchilarining 100 foizi ish bilan ta’minlandi
2025-12-10 15:05:00 / Vazirlik yangiliklari

Tadbirda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar hamda Energetika vazirliklari, shuningdek xalqaro hamkor tashkilotlar vakillari — ACWA POWER kompaniyasi Markaziy Osiyo bo‘yicha operatsiyalar boshlig‘i o‘rinbosari Ahmad Fahad, Saudiya Arabistoni Suv energetika akademiyasi (EWA) raisi Thamer Saud AlSharhan, DataVolt kompaniyasining O‘zbekistondagi bosh direktori Anjit Kumar ishtirok etdi.
Shuningdek, tadbirda Shirin shahar hokimligi, Sirdaryo IES filiali, Farhod GES UK, “ACWA POWER Sirdaryo” MChJ, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Sirdaryo filiali, Shirin shahar elektr ta’minoti, Shirin shahar “Gaz ta’minoti” bo‘limi, “Enersok” MChJ, “Wangda Rolling Steel” MChJ kabi ish beruvchi korxona va tashkilot vakillari ham qatnashdi.
Bitiruvchilar tadbirning amaliy qismida elektr montaj, quyosh panellarini o‘rnatish va xavfsizlik qoidalariga amal qilish bo‘yicha o‘tkazilgan tanlovda ishtirok etib, o‘z kasbiy tayyorgarliklarini namoyish etdilar. Ish beruvchilar tomonidan ularning amaliy ishlari yuqori baholandi.
Tadbirning ikkinchi qismida bitiruvchilar EWA – Saudiya Arabistoni Suv energetika akademiyasi tomonidan taqdim etilgan xalqaro bitiruv sertifikatlarini qabul qildilar. Mehmonlar bitiruvchilarni tabriklab, ularga esdalik sovg‘alarini ham topshirdilar.
Mazkur bitiruvchilarning 36 nafari “ACWA Power”, 10 nafari esa “Larsen and Turbo” kompaniyalariga ishga qabul qilindi.
Ma’lumot uchun, Sirdaryodagi Shirin energetika texnikumida Saudiya Arabistonining “ACWA Power” kompaniyasining buyurtmasiga ko‘ra Oksford universitetining NOMAC dasturi asosida 4 ta kasb bo‘yicha 264 nafar kadrlar tayyorlanmoqda.
Energetika va Suv Akademiyasi (EWA) bilan hamkorlikda bir yillik dasturi asosida 95 nafar o‘quvchi “Bug‘-gaz qurilmalarini ishlatish”, “Qayta tiklanuvchi energiya manbalariga xizmat ko‘rsatish” kasblariga o‘qitilmoqda.



