Vazir o‘rinbosar xalqaro anjumanda O‘zbekistonda ilm-fanni rivojlantirish masalasida ma’ruza qildi
2024-04-26 17:35:00 / Vazirlik yangiliklari
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Otabek Mahkamov “Toshkent irrigasiya va qishloq xo‘jaligini mexanizasiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti huzuridagi Fundamental va amaliy tadqiqotlar instituti faoliyati bilan tanishdi.

Vazir o‘rinbosari akademik Bobomurod Ahmedov va uning boshchiligidagi ilmiy maktab tadqiqotchilari, institut ilmiy xodimlari, doktorantlar bilan davra suhbat o‘tkazdi. Ularning ilmiy faoliyatlaridagi muammo va masalalar tinglanib, tadqiqotlarning o‘tkazilishini takomillashtirish yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek, O.Mahkamov universitetda 10 dan ziyod xorijiy mamlakatlar olimlari ishtirok etayotgan “O‘rta Osiyo yong‘oq va meva tizimining barqaror agro-o‘rmonchilik qiymat zanjiri” mavzusidagi xalqaro konferensiyada ishtirok etib, O‘zbekistonda ilm-fanni rivojlantirish masalasida ma’ruza qildi.



