Hududlarda innovatsiyalar va startaplarni ilgari surish bo‘yicha hamkorlik
2024-04-22 20:40:00 / Vazirlik yangiliklari

Uchrashuv davomida tomonlar o‘zlarining joriy tashabbus takliflarini taqdim etdilar va hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlarini ko‘rib chiqdilar. Unda O‘zbekiston hududlarida barqaror innovatsion ekotizimni rivojlantirish masalalari yuzasidan fikr almashtirildi.
Asosiy natija safatida MUNIS loyihasi ko‘magida yangi loyihaning ishga tushirilishi rejalashtirilmoqda. Ushbu tashabbus O‘zbekistonning turli hududlarida fan, texnologiya va innovatsiyalar rivojlanishining istiqbolli yo‘nalishlarini aniqlashga qaratilgan. Jumladan:
- hududlarda fan, texnologiya va innovatsiyalar rivojlanishini rag'batlantirish, muammolarni mahalliy darajada hal qilish;
- iqtisodiy va texnologik taraqqiyotni jadallashtirish;
- hududiy innovatsion ekotizimni mustahkamlash.
Yuqoridagi masalalarni amalga oshirishda memorandum imzolandi.








