YO‘NILG‘I QUYISH SHOXOBCHALARIDA SANOAT XAVFSIZLIGI
2025-10-30 17:00:00 / Yangiliklar
Joriy yilning 29-oktyabr kuni Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasining Samarqand viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan nazorat qiluvchi tegishli organlar hududiy boshqarmalari bilan hamkorlikda avtomobillarga yo‘nilg‘i quyish, gaz to‘ldirish hamda gaz to‘ldirish kompressor shahobchalarida avariya va baxtsiz hodisalarni oldini olish maqsadida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar yuzasidan seminar tashkil etildi. Tadbirda mazkur sohada viloyat hududlarida faoliyat yurituvchi subyektlar vakillari ishtirok etishdi. Seminarda bugungi kunda dolzarb bo‘lib turgan masalalarga alohida to‘xtalib o‘tildi.







