25-may, dushanba navbatdagi “Avtomobilsiz kun” aksiyasi bo’lib o’tadi.
2026-05-24 18:00:00 / Yangiliklar
Ertaga, 25 may kuni xizmat mashinasidan foydalangan davlat ishchilari odob-axloq (etika) qoidalarini buzgan deb topiladi va intizomiy jazoga tortilishi mumkin.

2026 yil 25 martdagi “Atmosfera havosi sifatini yaxshilashga qaratilgan “Toza havo” umumilliy loyihasini amalga oshirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 46-sonli farmonga koʻra, 2026 yilning 1 may kunidan boshlab har oyning 10 va 25-sanalarida “Avtomobilsiz kun” va “Avtomobilsiz hafta” aksiyalari oʻtkaziladi.
Farmonga koʻra, davlat tashkilotlari va idoralari xodimlari tomonidan aksiya oʻtkaziladigan kunlarda xizmat avtotransport vositalaridan foydalanish qatʼiyan taqiqlanadi va ushbu sanalar ish kunlariga toʻgʻri kelganda haydovchilarning ish haqi saqlab qolinadi.
🌐 Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi Axborot xizmati
